Isko "Real" bilan shartnoma uzaytirishga yaqin

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 16:41
"Real" yarim himoyachisi Isko yana bir bor klubini o'zgartirmoqchi emasligi haqida aytdi.

"Qirollik klubi" rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, Isko ham qarshi emas.

"Ha, "Real"da qolmoqchi ekanligimni aytganman. Ishlarim juda yaxshi. Ayni damda shartnomam yana bir yil amalda, ammo "Real" bilan kelishuvni uzaytirishga yaqinman" - deydi Isko.

So'nggi mavsum davomida ispan OAV Isko klubni tark etishi mumkinligi haqida ko'p yozishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital