Isko "Milan" vakillari bilan muzokaralar olib bordi

Alisher
7 okt 2021, 11:20
"Real" tarkibida muhim o'yinchiga aylana olmagan yarim himoyachi Isko klubdan ketmoqchi.

"Milan" klubi o'yinchi borasidagi kurashda g'olib chiqdi. Isko "rossonerilar" rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi, tomonlar og'zaki kelishuvga erishishdi.

Endi "Milan" transfer borasida "qaymoqranglilar" bilan kelishuvga erishishi kerak.

Transfermarkt Iskoni 18 million evroga baholamoqda.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes