Isko koronavirusga qarshi vakcinaning reakciyasi sabab "Real" mashg'ulotlarini yakunlay olmadi

Alisher
22 iyul 2021, 18:47
"Real" yarim himoyachisi Isko isitma va shamollash alomatlari bilan mashg'ulotlarni tark etdi.

O'yinchi koronavirusga ikkita manfiy test topshirgan, shu sabab uning kasalligini vakcina reakciyasiga bog'lashmoqda.

29 yoshli Isko 19 iyul kuni klubdoshlari bilan birga vakcina qabul qilgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Real" tarkibida La Ligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca