Iroq O'zbekiston bilan o'yindan oldin 5 nafar futbolchini o'z klublariga qo'yib yubordi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2019, 13:19
Xabaringiz bor, bugun Iordaniyaning Amman shahrida Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

Iroq terma jamoasi 5 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Bahraynga qarshi o'yin o'tkazgandi. Bosh murabbiy Srechko Katanets O'zbekiston bilan bahsdan oldin o'sha uchrashuvda qatnashgan 5 nafar futbolchini o'z klublariga qo'yib yubordi.

Bular Ali Kadim ("Naft Al Vasat"), Ali Adnan ("Vankuver Vaytkaps", Kanada), Ahmad Yosin ("Xaken", Shvetsiya), Jastin Meram ("Atlanta Yunayted", AQSH), Hussayin Ali ("Al Zavra").

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Odil Ahmedov va Ikrom Aliboev ham Falastin bilan o'yindan so'ng o'z klublariga qo'yib yuborildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia