Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etilgan harbiy xizmatchilar o'rtasidagi jahon chempionati finalida Fors ko'rfazining ikki termasi o'zaro to'qnash keldi. Unda iroqliklar Ummon termasini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchinchi o'rin uchun bahsda Kot-d'Ivuar va Ozarbayjon termalari maydonga tushib, afrikaliklar kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan.
2 iyul kuni boshlangan musobaqada dunyoning 16 ta terma jamoasi a'zolari to'rt guruhga bo'lingan holda kurash olib borishdi.
"A" guruhida - Ozarbaydon, Mali, Iroq va Kanada; "V" kvartetida - Jazoir, Fransiya, Bahrayn va Keniya; "S" to'rtligida - Ummon, Kot-d'Ivuar, Germaniya va AQSH; hamda so'nggi "D" guruhida - Braziliya, Gollandiya, Qatar va Kamerun termalari kurash olib borishdi. Guruhlarda ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, Boku shahrida harbiy xizmatchilar o'rtasida futbol bo'yicha jahon chempionatini tashkil etish borasidagi qaror shu yilning fevral oyida Xalqaro harbiy-sport kengashi hamda Ozarbiyjon mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilingan edi.
"Mashal" radiosi