Inzagi Nunesni "Al Hilol"da ko'rmoqchi. "Liverpul" hujumchiga muzokara o'tkazishga ruxsat berdi

Alisher Ostonov
4 avg 2025, 00:17
"Liverpul" Darvin Nunesga "Al Hilol" bilan muzokara o'tkazishga ruxsat berdi.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi hujumchini transfer bozoridagi ustuvor maqsad deb hisoblamoqda.

"Liverpul" Nunesga Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralar o'tkazishga, shuningdek Inzagi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishga ruxsat berdi. Hozircha "Al Hilol" rasmiy taklif yubormagan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano