

Milanliklar ayni damda jadvalda ikkinchi o'rinda va "Napoli"dan 18 ochkoga ortda qolishmoqda.
"Biz bu o'yinga yomon tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi bo'lim "Inter" uchun omadsiz o'tdi.
Ikkinchi taymda vaziyatlar yarata boshladik, ammo muammolarimiz kamaygan vaqtda gol o'tkazib yubordik.
Chempionlar ligasi o'yinidan so'ng charchoq borligi sezilyapti, bizda jarohatlar bo'ldi, biroq "Inter" yaxshiroq harakat qilishi kerak. Har ikki-uch kunda motivaciya topishimiz lozim.
"Inter"dagi pasayish? "Napoli"dan boshqa barcha jamoalarda muammo bor" - deydi Inzagi.



