Investorlarsiz qolib ketgan Xitoy klubining "umri qisqa bo'ldi"

Mirjalol Normatov
21 mar 2021, 12:34
Xitoyning "Taychjou Yuanda" klubi mavjudlikni yo'qotdi.

Xitoyning ikkinchi divizioni vakili o'z rasmiy saytida klub yopilganini va jamoa tarqatib yuborilganini ma'lum qildi. Hozircha buning sababi ma'lum qilinmagan. Ammo mahalliy matbuotning xabariga ko'ra, investorlar klubni tashlab ketgan. Ayni damda klubning futbolchilardan juda katta qarzi qolib ketmoqda.

"Taychjou Yuanda" 2017 yili tashkil qilingan. 2018 yili jamoa Czyansu provinciyasining mahalliy musobaqasida g'olib bo'lgan. 2019 yili klub professional statusiga ko'tarilgandi. Ushbu jamoa tarkibida xorvatiyalik Zoran Toshich ham harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: www.tzydfc.com