“Inter” sport direktori: “Eriksen – jiddiy va qiziqarli futbolchi”

7 yanv 2020, 01:35
“Inter” sport direktori Juzeppe Marotta Milan klubi tomonidan daniyalik Kristian Eriksenga bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi.

“Biz  “Tottenhem” bilan hech qanday muzokara boshlamadik. Eriksen ajoyib futbolchi. Yaqinda uning shartnomasi tugaydi va o'ylashimcha, ko'pchilik klublar u bilan qiziqishadi. Biz Eriksen bilan muzokara olib borayapmiz, deb aytolmayman. Ammo Eriksen jiddiy va qiziqarli futbolchi”, deya Marottaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabricio Romano o'zining Tvittyerdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Eriksenning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida nihoyasiga etadi. Futbolchi ayni paytda boshqa jamoa bilan kelishuvga erishishi va yozda erkin agent sifatida jamoasini almashtirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.сom