"Inter" Simeonega maoshni o'zi tanlashni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
25 apr 2017, 13:14
"Inter" rahbariyati avvalgidek "Atletiko" ustozi Diego Simeonega qiziqish bildirmoqda.

Argentinalik avvalroq Madridda yana bir mavsum qolishini e'lon qilgan edi.

"Inter" rahbariyati Diego Simeonega yillik maoshi qancha bo'lishi kerakligini o'ziga qo'yib berdi. Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan bo'lishi lozim.

Simeonening kelajagi "Atletiko"ning Chempionlar ligasi yarim finalidagi o'yiniga bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport