"Inter" Sanchesga xaridor topolmayapti

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 20:11
Italiyaning "Inter" klubi hujumchi Aleksis Sanches bilan xayrlashmoqchi.

"Neradzurlar" 32 yoshli yarim himoyachini qishki transferlar oynasida qo'yib yubormoqchi, ammo chililik futbolchiga xaridor topa olishmayapti.

Ma'lum qilinishicha, bunga futbolchining yiliga 7,5 million evro maosh olishi sabab bo'lgan. Shu bilan birga Milan klubi futbolchini boshqa jamoaga tekinga berishga tayyor.

Sanches va "Inter" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. A Seriyaning joriy mavsumida u uchta o'yin o'tkazib, birorta gol urolmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato