"Inter" Perishichning qo'shimcha taymlardagi dubli evaziga "Yuventus"ni mag'lub etib, Italiya Kubogi sohibiga aylandi!

Sherzod Nurmatov
12 may 2022, 02:52
Bir necha daqiqa oldin "Yuventus" hamda "Inter" o'rtasidagi Italiya Kubogi final uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Unda g'olib overtaymda aniqlandi - 4:2.

Milanliklar tarkibidan Nikolo Barella, Xakan Chalxanoglu va Ivan Perishich (2 ta) gol urgan bo'lsa, Turin klubidan Aleks Sandro va Dushan Vlaxovich darvozani ishg'ol qildi.

Ma'lumot uchun, "Inter" o'z tarixida 8-marta ushbu sovringa ega chiqdi. 

Yuventus – Inter 2:4 

Stadio Olimpiko

Gollar: 0:1 – 6 Barella, 1:1 – 50 Aleks Sandro, 2:1 – 52 Vlaxovich, 2:2 – 80, penalti Chalxanoglu, 2:3 – 99, penalti Perishich, 2:4 – 102 Perishich.

Yuventus – Perin, Danilo (Morata, 41), Kellini (Artur, 84), de Ligt, Aleks Sandro (Pellegrini, 90), Kuadrado, Rabo, Zakariya (Lokatelli, 67), Dibala (Kin, 100), Vlaxovich, Bernardeski (Bonuchchi, 67).

Inter – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 63), de Vrey, D`Ambrozio (Dimarko, 63; Bastoni, 116), Shkrinyar, Perishich, Brozovich, Chalxanoglu (Vidal, 90), Barella, Jeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 90).

Ogohlantirishlar: Brozovich (55), Lokatelli (90), Vidal (119)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia