“Inter” Pavarga 30 million to'lashga tayyor

Alisher
22 avg 2023
“Bavariya” himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

 “Inter” Fransiyalik himoyachi uchun Germaniya jamoasiga 30 million evro to'lashga tayyor.

Pavar 2019 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Pavar o'tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yin o'tkazib, 7 ta to'p kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com