"Inter" Nainggolanni chetlatdi

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2018, 20:38
"Inter" yarim himoyachisi Raja Naingollanni ahloqiy sabablarga ko'ra vaqtinchalik chetlatdi.

"Inter" shuni tasdiqlaydiki, Raja Nainggolan ahloqiy sabablarga ko'ra vaqtinchalik futboldan chetlatildi", - deyiladi klub bayonotida.

Milanliklar bu borada boshqa tafsilotlarni oshkor etmaganlar. Endi u jamoasining "Napoli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Avvalroq, u jamoaning mashg'ulotiga kech qolganligi, shuningdek, avgust oyida Monte-Karlodagi kazinoda katta pul yutqazganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia