Nainggolan faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023, 20:24
Futbolchi mamlakatda o'tkazilgan U-17 jahon chempionati targ'ibot elchisi sifatida ishlagan.

Belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan Indoneziyaning "Bhayangkara" klubida o'ynaydi. Uning jamoaga kelishida mamlakat futbol assotsiatsiyasi raisi Erik Tohir katta rol o'ynadi.

Nainggolanning kelib chiqishi ushbu mamlakatga borib taqaladi, biroq u Belgiya terma jamoasini tanlagan.

Futbolchi avvalroq U-17 jahon chempionatining targ'ibot ishlarida elchilik vazifasini bajargan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sepak Bola