

34 yoshli futbolchining italyan klubi bilan kelishuvi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan, biroq unda yana bir yilga uzaytirish varianti ham ko'zda tutilgan.
Nainggolan joriy mavsumni Belgiyaning Antvyerpen klubida boshlagan. Ushbu jamoa safida yarim himoyachi 18 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi hamda uchta gol urib, ikkita golga assistentlik qildi. Avvalroq yarim himoyachi "Kalyari", "Roma" va "Intyer" klublarida ham to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, SPAL Italiya B syeriyasida ishtirok etadi. 22-turdan so'ng Fyerrara shahri jamoasi 24 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.



