"Inter Mayami"da bosh murabbiy iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2021, 23:30
"Inter Mayami" klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Diego Alonso iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

Yozilishicha, bunga ikki tomonning roziligi bilan qaror chiqarilgan. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi "Inter Mayami" sharqiy konferenciyada 9-o'rinni egallab, pley-offga yo'llanma olmagandi.

Oldinroq "Inter Mayami"ga "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fill Nevill bosh murabbiy bo'lishi mumkinligini ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal