"Inter Mayami" Kazemiro bilan muzokaralarni boshladi

29 mar 2026, 13:37
MLS klubi "Inter Mayami" 34 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq futbolchi mavsum yakunlangach, "Manchester Yunayted"ni tark etishini ma'lum qilgandi.

"Inter Mayami" allaqachon Kazemiro bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarga kirishgan. Bu haqda insayder Fabricio Romano yozmoqda.

Jurnalistning takidlashicha, Kazemironi faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirish varianti qiziqtirmoqda, biroq braziliyalik boshqa takliflarni ham ko'rib chiqmoqda. Futbolchiga Saudiya Arabistoni va Yevropa klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano