"Inter" mavsum yakunlangandan so'ng Xakimining transferini e'lon qiladi

Alisher
2 iyul 2020, 11:30
"Inter" yaqin kunlarda "Real" himoyachisi Ashraf Xakimining transferini e'lon qilishni rejalashtirmayapti.

Milanliklar mavsum yakunlangandan so'ng transferni rasman e'lon qilishmoqchi. Yani "Inter" 2020/21 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rish arafasida futbolchilarni chaqirganda, Xakimi bo'yicha rasmiy ma'lumot bermoqchi.

A Seriyaning 2019/20 yilgi mavsumi avgustda yakunlanadi. Ammo, "Inter" Yevropa Ligasini ham kutishiga to'g'ri keladi.

Qayd etish kerakki, Xakimi tatil uchun ruxsat olgan, sababi u joriy mavsumni ijara asosida "Borussiya" (Dortmund)da o'tkazdi va Germaniyada mavsum yakunlandi.

Oldinroq, 21 yoshli o'yinchining "Inter" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va 5 million evro maosh olishi aytilgan edi. Transfer narxi esa 40 million evrodan ortiqroqni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia