"Inter" - "Ludogorec" uchrashuvi muxlislarsiz o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 14:17
Yevropa ligasi doirasida "Inter" - "Ludogorec" uchrashuvi koronavirus xavfi tufayli muxlislarsiz o'tishi mumkin.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda. Oldinroq Italiyada shu boisdan bir necha o'yinlar bekor qilingani borasida ma'lumot bergandik. Ayni damda Italiyada koronavirus xavfi e'lon qilingan.

"Inter" dastlabki uchrashuvda "Ludogorec"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport