“Inter” Konteni iste'foga chiqarsa, qancha mablag' to'lashi ma'lum bo'ldi

13 iyul 2020, 09:10
Bu haqida Italiya nashrlari xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, “Inter” muddatidan avval Antonio Konte va uning murabbiylar shtabi bilan shartnomani qanday sabablar bilan bekor qiladigan bo'lsa, bu milanliklar uchun 150 mln evroga tushadi. Qayd etish joiz, Konte A Ceriyada eng ko'p haq oladigan murabbiy hisoblanadi - yiliga 12 mln evro.

Avvalroq Kontening iste'foga chiqarilishi mumkinlig aytilgandi. Uning o'rnini egallashga esa Massimiliano Allegri, Maurisio Pochettino va Unai Emeri kabi murabbiylar nomzodi bor. Kontening “Inter” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

“Inter” ayni damda A Ceriyada 4-o'rinda bormoqda. Klub peshqadam “Yuventus”dan 11, “Lacio” va “Atalanta”dan mos ravishda 3 va 2 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport