Inter Koentrau uchun 7 million evro bermoqchi, Real 15 million so'ramoqda
Narzulla Saydullayev
17 avg 2015, 10:00
Inter hamon Real himoyachisi Fabiu Koentrauni sotib olmoqchi.
Sky Sport Italia nashri xabariga ko'ra, Milan klubi 27 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 6-7 million evro bermoqchi, madridliklar esa 15 million so'rashmoqda.
Koentrauning o'zi esa Interga o'tishga qarshi emas.