"Inter" kelasi hafta Shkrinyar bilan shartnomani qaytadan muhokama qiladi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 17:47
Milanning "Inter" klubi "neradzurri" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar bilan kelishuvni uzaytirishni istamoqda.

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, kelasi hafta slovakiyalik "Inter" vakillari bilan yangi kelishuvni muhokama qilish uchun yana uchrashadi.

Shkrinyarni jamoada saqlab qolish uchun "neradzurri" rahbariyati uning maoshini oshirishga tayyor. "Inter" o'zining asosiy futbolchilaridan birini, ayniqsa, erkin agent sifatida yo'qotishni istamaydi.

Shkrinyar anchadan beri PSJ da'vogarlik qilib kelmoqda, ammo hozir slovakiyalik parijliklar safiga o'tishdan ko'ra "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashni afzal ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano