"Inter" Inzagining o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
9 apr 2023
"Inter"dagilar jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelishmoqchi.

Klub rahbariyati "Portu" bosh murabbiyi Serjiu Koysensau bilan muzokaralar olib borgan, deb xabar beradi "La Gazetta dello Sport" nashri.

"Neradzurri"lar agarda muzokaralar yaxshi yakun topsa, portugaliyalikni mavsum yakunlanganidan keyin Simone Inzagining o'rniga olib kelishi kutilmoqda.

Ayni damda Milan klubi A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport