"Inter" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun "Chelsi" va "Real" forvardlarini sotib olmoqchi

Alisher
20 sen 2019, 14:11
Milan klubi hujum chizig'ini kuchaytirishga bel bog'lagan.

Antonio Konte jamoasi "Chelsi"dan Olive Jiru va "Real"dan Luka Yovich bilan shartnoma imzolamoqchi.

Transferlar oynasida jamoaga Romelu Lukaku va Aleksis Sancheslarni qo'shib olgan edi. Ammo, murabbiy haligacha jamoaning oldingi chizig'idan ko'ngli to'lmagan.

Jiruning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyunga qadar mo'ljallangan. Yovich esa "qaymoqranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato