"Inter" Dumfris uchun 12 million taklif qildi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2021, 12:20
"Inter" klubi "Pari Sen-Jermen"ga ketgan Ashraf Xakimining o'rniga himoyachi qidirmoqda.

Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, "neradzurrilar" PSVga Denzel Dumfris bo'yicha taklif yuborgan. Ayni paytda muzokara davom etmoqda. Denzel - "Inter"ning asosiy nishoni.

Dumfris 2018 yildan buyon PSV sharafini himoya qilib kelmoqda, unga qadar "Xerenven" va "Sparta" safida to'p tepgan.

Yozgi Dumfris Niderlandiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida yorqin o'yin namoyish etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif