"Inter" 35 yoshli futbolchisi bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
4 may 2020, 21:19
"Inter" rahbariyati darvozabon Samir Xandanovich bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, yangi shartnoma 2022 yilga qadar davom etadi.

Sloveniyalik posbon 2012 yildan buyon Milan jamoasi tarkibida o'ynamoqda. U A Seriya doirasida "Inter" darvozasini 279 o'yinda qo'riqladi.

Transfer bozorida posbon 6 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport