"Inter" 19 yoshli hujumchiga qiziqib qoldi

20 dek 2019, 01:41
Bu haqida gianlucadimarzio.com sayti xabar qildi.

Milanning "Inter" klubi "Parma"da ijara asosida to'p tepayotgan Deyan Kulushevski borasida "Atalanta" bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Milanliklar futbolchi uchun 35 million evro to'lashga tayyorlar. Agar "Atalanta" rozi bo'lsa, 19 yoshli forvard kelasi yozda "neradzurrilar" safiga qo'shiladi.

Shuningdek, Kulushevskiga Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari ham  befarq emaslar.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com