Insultga chalingan Ronalduning onasiga shifoxonadan uyiga qaytishga ruxsat berildi

29 mar 2020, 07:44
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning onasi insultga chalinib, shifoxonaga yotqizilgandi.

Kuni kecha futbolchining onasiga uyiga ketish uchun ruxsat berildi va Ronaldu shifokorlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, Instagramdagi sahifasida onasi va singillari bilan tushgan fotosuratini joyladi.

“Favqulodda minnatdorman. Onam shifoxonadan uyga qaytdi va darddan xalos blmoqda.

Yaqinlaringiz va oila a'zolaringiz uchun qayg'uring”, deya izoh qoldirdi portugaliyalik futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Роналдунинг Инстаграмдаги саҳифаси