Ins: "Agar "Liverpul" bugun MYUga mag'lub bo'lsa, sovrin uchun kurash haqida unutish mumkin"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2017, 17:43
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Ins bu ikki jamoa o'rtasidagi APLning 8-tur uchrashuvi haqida to'xtatldi.

"Yunayted" sovringa asosiy da'vogarlardan biri ekanligini ko'rsatishi kerak, biroq bu o'yin Joze Mourinyodan ko'ra, Yurgen Klopp uchun muhimroq. Agar "Liverpul" mag'lub bo'lsa, sovrin uchun kurash haqida unutish mumkin. Ular "Yunayted" va "Siti"dan 7 ochko orqada, yana bir omadsizlik va imkoniyat yo'q. Bu "Liverpul" uchun juda muhim bahs.

Agar ikki jamoaga e'tibor bersangiz, "Yunayted" "Liverpul"dan kuchliroq ekanligini sezasiz. Klopp hozircha o'z jamoasi uchun to'g'ri formulani topa olmadi va u klubda ikki ishlab qo'ydi! Klopp bu ishni avvalroq bajarishi kerak edi" - deydi Ins.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo