Pol Ins: "Ronaldu kyetishi kerak"

Mirjalol Normatov
25 avg 2022
Sobiq futbolchi Pol Insning fikriga ko'ra, hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dan kyetishi kerak.

"Krishtianu "Manchester Yunayted"dan kyetishi kerak - bu uning yagona varianti. U futbol o'ynashi kerak, u "Liverpul" kabi kabi bahslarda qatnashishi lozim. Zaxirada o'tirish unga og'riqli holat.

O'z navbatida Erik ten Xagni ham maqtab o'tish lozim. U qaror chiqarishda qo'rqmayapti. Asosiysi - o'yinga yaxshi taktika tayyorladi, futbolchilarni jangovar darajaga olib chiqdi.

Bazida Krishtianuni ham zaxiraga olish kerak bo'ladi. Chunki odamlarga usiz ham yashash mumkinligini ko'rsatish kerak. O'ylaymanki, "Manchester Yunayted" odamlari ko'p narsani tushunishdi.

Barcha muxlis "Manchester Yunayted" haqida emas, u borasida gapiryapti. Uni qo'yish kerak edi va hokazo. Ammo klub uni qo'yib yuborishi va yo'lni o'zi davom ettirishi kerak deb hisoblayman", - dedi Ins.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia