

Eslatib o'tamiz, Pele 29 dekabr kuni vafot etdi. So'nggi yillarda futbol qiroli saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgandi.
"Dunyoning har bir mamlakatidan o'z stadionlaridan biriga Pele nomini berishni so'rayman", - dedi Infantino.
Pele uch marta jahon chempioni bo'lgan yagona futbolchi sanaladi. Futbol qiroli bu vazifani Braziliya bilan 1958, 1962 va 1970 yillarda amalga oshirgan.
Klub darajasida Pele faoliyatining asosiy qismini Braziliyaning “Santos” jamoasida o'tkazgan.



