Inesta Yaponiyaga ketishdan oldin Ispaniyadagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2018, 07:21
Andres Inesta Ispaniyadagi oxirgi o'yinini o'tkazdi.

34 yoshli futbolchi Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi (1:1). Vilyarreal shahridagi Estadio de la Keramika stadionida o'tgan bahsda Inesta 55 daqiqa o'ynadi.

Yaqin vaqt ichida ispanlar Rossiyaga borishadi va JCH-2018da ishtirok etishadi.

Inesta mavsum oxirida Barselonada ketgandi. JCH-2018dan so'ng Yaponiyaning Vissel Kobe klubi safida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif