Incheon 2014. Taekvondo. Maksim va Dmitriy finalda! FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
1 okt 2014, 13:48
Osiyo o'yinlarining taekvondo musobaqasida terma jamoamiz a'zolari muvaffaqiyatli odimlashyapti.
Jumladan, -80 kg. vazn toifasida dayanga chiqayotgan hamyurtimiz Maksim Rafalovich finalga chiqdi. Rafalovich yarim finalda xitoylik Sen Kiaoni 6:5 hisobida mag'lub etdi. Maks oltin medal uchun bahsda eronlik Mahdi Xodabaxshiga qarshi jang qiladi. Final Toshkent vaqti bilan soat 14:32ga belgilangan.

+87 kg. vazn toifasida dayanga chiqayotgan terma jamoamiz a'zosi Dmitriy Shokin ham finalga chiqdi. Yarim final bellashuvida Dima tojikistonlik Alisher Gulov bilan xisob-kitob qildi. Bahsda vakilimiz raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 12:0. Hal qiluvchi bahsda Shokin koreyalik Jo Cholxo va livanlik Elias El Haydari juftligi g'olibiga qarshi jang qiladi. Bu final 14:48da boshlanadi.


Quyida yarim final janglarining fotogalereyasini tomosha qiling.

Foto: Nodirxo'ja Yuldashev





































Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia