Incheon-2014. Boks. Oybek Mamazulunovni "SINDIRISH"di

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 12:10
O'zbekiston ishtirokida kunning uchinchi chiqishida Oybek Mamazulunov ring egasi, Kim Xyong Yuga qarshi jang olib bordi.
Balki qayerdandir bu jangni topib ko'rish imkoniyati sizda bo'lar. Ammo 3 raundning barida koreys bokschisini ketma-ket zarbalari bilan "yorvor"gan Oybek yakunda sirli ravishda mag'lubiyatga uchradi. Bo'y jihatdan raqibidan past bo'lsada, past va yuqori zarbalari bilan Kim Xyongni faqat himoyalanishga majbur qildi. Buni tezda payqagan referi ikki marotaba, xato zarba berayotgan degan fikrda u hamyurtimizga ogohlantirish berdi.



Bu esa baho qo'yib o'tiruvchi hakamlarga qo'l keldi. Uchinchi raund so'nggida koreyalik bokschining boshi g'urraga to'lib ketdi. Buni quyidagi suratdan ham ko'rishingiz mumkin. Yakunda suhandon ring egasini 29-28, 29-28, 29-28 hisobida g'alaba qozonganligini aytganida, zalga yig'ilgan, barchaning noroziligiga uchradi. Ringni tark etish oldidan, mard ekan, Kim Xyong Oybekni qo'lini ko'tarib qo'ydi. Bokschini o'zi tan olgan natijani, ko'zi ko'r hakamlar e'tibordan chetda qoldirdilar.



Bahsga quyidagi hakamlar baho berishdi:
Del Puetro Trueta (Kuba)
Xerardo Poggi (Argentina)
Sidi Yoqub Hammadi (Jazoir)
Maykl Gallaxer (Irlandiya)
Mariush Gorni (Polsha)



Biz esa Oybekka ruhini cho'ktirmaslikka, aksincha Rio olimpiadasiga jiddiy tayyorganrlik ko'rib, u yerda oltin medal bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

Nodirxo'ja Yuldashev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia