Ilyos Xayrov “Andijon” mashg'ulotlariga qo'shildi

11 yanv 2015, 14:00
O'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan “burgutlar” safiga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, urganchlik Ilyos Xayrov kuni-kecha “Andijon” ixtiyoriga yetib kelgan. 

O'tgan mavsumni “Xorazm”da o'tkazgan futbolchi hozircha andijonliklar tarkibida ko'rikdan o'tmoqda. 

Edgar Gess mahalliy iqtidorli himoyachi Dilmurod Mahmudovga javob berib yuborgan. Shuningdek ma'lum muddat mashg'ulotlarda ishtirok etgan darvozabon Farrux Turdaliev yana “Buxoro”ga qaytib ketgan.


Manba: championat.asia