Ilon Mask "Manchester Yunayted"ni sotib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 fev 2023
Er sayyorasidagi eng mashhur insondan biri Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Daily Mail xabariga ko'ra, milliarder vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va qulay fursat tug'ilganda, top-klubga taklif yuborishi mumkin.

"Manchester Yunayted"ni sotib olish Ilon Maskga 4,5 milliard funtga (taxminan 5,09 milliard evro) tushishi mumkin. Shu bilan birga, Tesla egasining byudjeti 157 milliard funt (taxminan 177 milliard evro)ga baholanmoqda.

"Manchester Yunayted" hozirda so'nggi yillarda klub muxlislari tomonidan shafqatsizlarcha tanqid qilinayotgan Gleyzerlar oilasiga tegishli hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail