Ilhom Shomurodovning sog'ligi qanday?

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2013, 11:36
Xabaringiz bor, kecha "Nasaf" jamoasi Gulistonning "Guliston" jamoasini safarda 0:4 hisobida dog'da qoldirdi.
"Nasaf"ning mohir hujumchisi Ilhom Shomurodov uchrashuv 58-daqiqasida jarohati tufayli Azamat Allaniyozovga almashtirildi.

Kecha Ilhom Shomurodov o'zining mavsumdagi 8-golini kiritdi. U uchrashuv 57-daqiqasida maydon markazida Abdullaev bilan o'zaro kombinaciya tashkil qildi. Zohid chap qanotdan katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni hujumdagi sherigiga oshirdi. Darvozabon bilan to'p uchun kurashga chiqqan Shomurodov to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochdi va jarohat olib maydonni tark etdi.

Albatta bu bu hol "Nasaf" muxlislarini xavotirga solishi turgan gap. Biz bugun Ilhomga qo'ng'iroq qilib, uning sog'ligi bilan qiziqdik. "Yo'q, jarohat olganim yo'q. Hammasi joyida. Soppa-sog'man. Mana birinchi davrani ham yaxshi yakunlab oldik. Meni va yigitlarning kayfiyatimiz juda yaxshi. Hozir Toshkentdaman, endi biroz dam olamiz. 11 iyulda Toshkentda yig'ilamiz jamoamiz bu yerda tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Qarshidagi bazamizda 14 iyul kuni yig'ilamiz va ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaymiz",-deydi Ilhom Shomurodov.

Biz saytimiz orqali Ilhom Shomurodovga mustahkam sog'lik tilaymiz, umid qilamizki, u ikkinchi davrada ham o'zining gollari bilan biz muxlislarni xursand qilaveradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz