Ikrom Aliboev: "Bu o'yin birinchisidan xam qiyinroq bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2016, 19:24
"Lokomotiv" futbolchisi Ikrom Aliboev "Sepaxon"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o'yinga qaraganda bugungisi qiyin bo'ldi. Shukr, g'alaba qozona oldik.

Boshqa nuqtada o'ynadim? Yig'inlar paytida ham mana shu nuqtada harakat qilgandim. Shu sababli, o'yinda qiyinchilikka duch kelmadim.

Dastlabki vazifamiz guruhdan chiqish. Hali ikkita o'yinimiz bor. Nasib qilsa, ushbu bahslarda ham g'alaba qozonamiz", - deydi Aliboev.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia