Ikkinchi davrada “Qizilqum” yetakchilaridan biri bo'lgan futbolchi Navoiyga qaytdi

Khoja
9 yanv 2024, 10:09
Gollari bilan “Qizilqum”ni Superligada olib qolishga katta yordam bergan futbolchi Muhammadali G'iyosov yangi mavsumni ham navoiyliklar safida boshlaydi.

O'tgan mavsumning yarmida jamoaga kelib qo'shilgan yosh iqtidor egasi yana bir yil klubda qoladigan bo'ldi. Avvalroq futbolchiga “So'g'diyona”dan jiddiy qizish bo'lgani va jizzaxliklar hujumchini “Olimpik”dan sotib olishlari mumkinligi haqida xabar paydo bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, M.G'iyosov o'tgan mavsum "Olimpik" va "Qizilqum" tarkibida jami 23ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urdi hamda 1ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia