Muhammadali G'iyosov "Neftchi" bilan xayrlashdi

Alisher Ostonov
19 iyul 2025
"Neftchi" hujumchisi Muhammadali G'iyosov Farg'ona klubi bilan xayrlashdi.

"Neftchi", barchasi uchun rahmat, bu olti oyni hech qachon unutmay. Farg'onalik muxlislar ❤️", - deya yozdi qoldirdi futbolchi instagramdagi sahifasida qoldirgan storisidagi suratda.

Hujumchi joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, G'iyosov "Neftchi" safiga o'tgan yilning dekabrida "Qizilqum"dan kelib qo'shilgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia