Iguainning "Chelsi"ga o'tishi shartnoma bandlari ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019, 17:29
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainning "Chelsi"ga o'tishi aniq bo'ldi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, hozirda "Milan" Kshishtof Pentek bilan muzokaralar olib borayotgani uchun, Iguainning transferini amalga oshirish qiyinlashib ketmoqda.

"Chelsi" 31 yoshli futbolchini yil oxiriga qadar ijaraga oladi. Undan tashqari londonliklar forvardni 36 million evroga sotib olishlari ham mumkin.

Iguain endi seshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com