Iguain Argentinaga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
26 sen 2019, 23:25
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini o'z vatanida tugatishni istamoqda.

Argentinalik forvard o'z vataniga qaytib, "River Pleyt"da o'ynashga tayyorligini aytdi.

"Hech qachon eshiklar yopilmaydi. "River Pleyt" bilan doimiy aloqadaman. Biroq faoliyatimni "Yuventus"da davom ettiryapman va bor e'tiborim shunga qaratilgan", - dedi Iguain.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox Sports Argentina