Iguain 9ta o'yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo'ydi

29 apr 2018, 07:05
“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain Italiya A Seriyasining 35-turida doirasidagi “Inter” bilan bo'lib o'tgan o'yin (3:2)da jamoasining g'alaba to'pini kiritdi.

Bu bilan argentinalik hujumchi o'zining 9ta o'yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi. Iguain so'nggi bor 14 mart kuni “Atalanta”ga qarshi kechgan uchrashuv (2:0)da gol kiritgandi.

Ma'lumot uchun, Gonsalo o'shandan beri “Yuventus” tarkibida 7ta, Argentina terma jamoasi safida 2ta uchrashuvdan beri raqiblar darvozasini ishg'ol qila olmayotgan edi. 

O'xshash yangiliklar