

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Paxtakor" Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov bitimni uzaytirmagan. Ayni paytda erkin agentga aylangan mazkur futbolchilar kelasi mavsumni qayerda boshlashlari hali aniq emas.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Jamshid Iskanderovga mamlakat chempioni "Lokomotiv"dan, Igor Sergeevga esa "Navbahor" tomonidan qiziqish mavjud.
Shuningdek, "Paxtakor"ning Tiago Bezerra va Egor Krimec bilan tuzgan shartnomalari yil so'nggida nihoyasiga etadi. Klub mazkur futbolchilar bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda.



