IFFHSning jahon klublari reytingida "Krasnodar" Rossiyaning eng yaxshi klubi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2015, 08:46
Xalqaro futbol federatsiyasi tarixi va statistikasining reytingi bo'yicha, "Real" jahonda birinchi raqamli klub.

IFFHS rasmiy saytining ma'lum qilishcha, "Real" 381 bal yig'ib, o'tgan yilgi g'olib "Bavariya"dan (276 bal) o'tib ketdi.

Rus klublari orasida "Krasnodar eng yaxshi natijani ko'rsatdi. Odil Ahmedov to'p tepadigan klub 42-o'rinni egalladi.

1. Real (Ispaniya) - 381 ochko

2. Bavariya (Germaniya) - 276

3. Atletiko (Ispaniya) - 267

4. Barselona (Ispaniya) - 251

5. Atletiko Nasonal (Kolumbiya) - 249

6. Yuventus (Italiya) - 245

7-8. Arsenal (Angliya)/Napoli (Italiya) - 233

9-10. River Pleyt (Argentina)/Zalcburg (Avstriya) - 228

11. Chelsi (Angliya) - 227.

42. "Krasnodar" (Rossiya).
49. "Dinamo" (Rossiya).
51. "Zenit" (Rossiya).
141. SSKA (Rossiya).

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com