Ibragimovichning shifokori: "Zlatan imkon boricha uzoqroq davolanishini xohlayman"

Tolibjon Qosimov
3 okt 2017, 12:05
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovichning shifokori Freddi Fu o'yinchining tiklanish jarayonini tezlashtirish kerak emasligini aytib o'tdi.



"Bunday jarohatlar to'liq tiklanish uchun hamisha vaqt talab qiladi.

Albatta, Zlatan juda kuchli, lekin futbol yakkama-yakka kurashni talab etadigan sport turi hisoblanadi. Shuning uchun ham, men Zlatanning imkon qadar uzoqroq davolanishini xohlayman. U mutlaqo to'liq tayyor bo'lgan holda maydonga qaytishi lozim. O'yinchi jarohatdan muddatidan oldin qaytgan va bu yakunda yoqimsiz holat bilan tugagan paytlar bo'ladi. Unga hali vaqt kerak", - dedi janob Fu.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports