

"Shvetsiya OAVning mentaliteti shunday. Ismim esa bu mamlakatnikiga mos emas. O'zimni tutishim va felim ham shvedlarga xos emas, biroq terma jamoa rekordi menga tegishli. Jahon chempionati - futboldagi eng katta bayram. U yerda eng yaxshi futbolchilar o'ynashadi. Zlatan ham u yerda bo'lishi kerak, biroq bunday ism yo'q.
Sovrinlarimga e'tibor bering. Men "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Gelaksi"da o'ynaganman. Agar haqiqatdan ham jamoa uchun ishlay olmasam, qanday qilib bu sovrinlarni qo'lga kiritganman? Buni qanday qilishni yaxshi bilaman" - deydi Ibragimovich.



