Ibragimovich Uoker haqida: "U kuchli xarakterga ega"

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
"Milan" sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich himoyachi Kayl Uokerning jamoadagi o'rni haqidagi savolga javob berdi.

"Manchester Siti" futbolchisi ijara asosida Italiya klubiga o'tdi.

"U kuchli xarakterga ega va bu jamoaga kerak. U kiyinish xonasidagi alfa.

U har tomonlama yordam berishga qodir.

Bizning fikrimizcha, Kayl markaziy himoyachi sifatida o'ynay oladi, buni "Manchester Siti"da ham bajargan", – dedi Ibra.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sempremilan.com