Ibragimovich: "Tizzam deyarli tuzalib ketdi, meni qo'llashda davom eting"

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017, 18:14
"Manchester Bnayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning ma'lum qilishicha, u tez orada jarohatidan to'liq qutiladi.

Shvetsiyalik forvard o'tgan mavsum jiddiy jarohat olgan edi.

"Tizzam deyarli tuzaldi. Sabr qilishingizni istayman, qaytganimda hamma bundan xabardor bo'ladi. Meni qo'llashda davom eting, oldingidan kuchliroq bo'lib qaytaman" - deydi hujumchi.

Mankunianlar avgust oxirida Ibragimovich bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Aftonbladet